Soliq qoʻmitasining xabar berishicha, 2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri“ga kiritilgan jismoniy shaxslar chakana savdo obyektlaridan ayrim mahsulotlarni sotib olganda xarid summasidan 1 foizi miqdordagi keshbek oʻrniga, 12 foizi QQS (ijtimoiy keshbek) summasini qaytarib oladi.
Shu yilning I choragida 168 146 nafar isteʼmolchiga 19,7 mlrd soʻmga yaqin ijtimoiy keshbek toʻlab berildi.
TOP-3 hududlar:
- — Toshkent shahri — 5,4 mlrd soʻm;
- — Samarqand viloyati — 2,2 mlrd soʻm;
- — Toshkent viloyati — 1,8 mlrd soʻm.
Keshbek olish uchun Soliq mobil ilovasida xarid chekining QR-kodini skaner qilish lozim.