“KEXIM” kompaniyasi bilan yangi bitimlar imzolandi

    Sanoat 22 May 2023 1025

    “Oʻzbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yubiley xalqaro koʻrgazmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasining 3-xalqaro energetika forumi doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ hamda Koreyaning “KEXIM” kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi.

    Koreyaning “KEXIM” kompaniyasi “Oʻzbekneftgaz” AJning uzoq yillik ishonchli hamkorlaridan hisoblanadi. Koreya moliya institutlari, jumladan, KEXIM koʻmagida “Oʻzbekneftgaz” AJ “Uzbekistan GTL” zavodi va Ustyurt gaz kimyo majmuasi qurilishi kabi megaloyihalarni amalga oshirishga muvaffaq boʻlindi.

    Uchrashuvda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan yaqin yillarda gaz zaxiralarini koʻpaytirish rejalari haqida maʼlumot berildi.

    Shu bilan birga, xorijiy tomon “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashi va kelgusida hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi.

    Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlik istiqbollarini yanada oʻrganish boʻyicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati