Hisob-kitoblarga ko'ra, butun dunyoda yarim milliarddan ortiq odam qandli diabetga chalingan. Hozirda global tarqalish darajasi 6,1 foizni tashkil etadi va u nogironlik va sog'liq bilan boshqa salbiy holatlar yuzaga kelishining 10 ta asosiy sabablaridan biridir. Eng yuqori ko'rsatkich Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda qayd etilgan bo'lib, 9,3 foizni tashkil etadi va 2050-yilga borib 16,8 foizga ko'tarilishi bashorat qilinmoqda. Bashoratlarga ko'ra, Lotin Amerikasi va Karib havzasida bu ko'rsatkich 11,3 foizga ko'tariladi.

75 yoshdan 79 yoshgacha bo'lganlar uchun eng yuqori ko'rsatkich 24,4 foizni tashkil etdi. Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda bu yosh guruhida eng yuqori ko'rsatkich 39,4 foiz, Markaziy Yevropa, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda esa eng past ko'rsatkich 19,8 foizni tashkil qildi.

Dunyo bo'yicha qandli diabet bilan kasallanganlarning 96 foizi mazkur xastalikning ikkinchi turiga chalingan. Yuqori tana massasi indeksi qandli diabet rivojlanishi uchun asosiy xavf omilidir. Undan keyingi o'rinlarda ovqatlanish xavfi, atrof-muhit va kasbiy xavflar, tamaki iste'moli, jismoniy harakatsizlik va spirtli ichimliklarni iste'moli o'rin olgan, deb xabar beradi lenta.ru.