Keyingi oylarda Toshkent shahriga mingta zamonaviy avtobuslar olib kelinadi

    2025-yilgacha Toshkent shahrida jamoat transportini qulay va ekologik toza harakat tarkibi bilan yangilash orqali atrof-muhitga salbiy taʼsirini 35 foizga kamaytirish belgilangan.

    Ushbu maqsadlarga erishish yoʻlida 2022-yilda Toshkent shahriga 20 dona katta sigʻimli elektrobuslar olib kelinib, muntazam yoʻnalishlarga joylashtirildi.

    Elektrobuslarning 10 oylik ekspluatatsiyasi natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli moddalar hajmi oʻtgan yil koʻrsatkichlari bilan taqqoslaganda 56,8 tonnaga qisqardi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga muvofiq, keyingi oylarda Toshkent shahriga jami 1000 dona, shundan 300 ta elektrobus hamda 700 ta siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar olib kelinadi.

    Bu haqda Transport vaziri Ilhom Mahkamov maʼlum qildi.