Shu yilning oʻzida 100 dan ortiq dron yordamida yer maydonlari va ekinlar monitoringi, ilgʻor agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.

Keyingi yil Xitoydan yana 50 dan ortiq zamonaviy agrodron olib kelinadi. Har bir viloyatda kamida 2 tadan dron mobil kompleksi orqali agroxizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.

Agrar sohada dronlar uchun belgilangan uchish ogʻirligi hozirgi 100 kilodan 250 kilogacha oshiriladi.

«Oʻz faoliyatiga raqamli texnologiya va sunʼiy intellektni olib kirib, kam xarajat bilan yuqori hosildorlikka erishayotgan fermer va klasterlarimiz soni ham koʻpayib borayotgani meni xursand qiladi», – dedi davlatimiz rahbari.