Qarorda shu bilan birga, bundan keyin kiberjinoyatni sodir etishda oʻz nomidagi bank kartasidan, bank hisobraqami, elektron hamyonidan va boshqa shaxsiga doir maʼlumotldaridan (SIM kartasi, elektron akkaunti) foydalanishga yoʻl qoʻygan shaxslar uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik choralari oʻrnatiladi.
Kiberjinoyatlarning oldini olish yoʻnalishida axborot tizimidagi zaifliklar va kamchiliklar natijasida kiberjinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻygan banklar va toʻlov tashkilotlari roʻyxatini ommaga eʼlon qilish hamda aholi pul mablagʻlarini jalb qilishga qaratilgan onlayn firibgarlik sxemalari (“moliyaviy piramida”)ni barvaqt aniqlash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.









