Bu haqda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining Kiberxavfsizlik strategiyasini belgilash va kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.
Farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2026–2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi tasdiqlandi.
Farmonga koʻra, 2026-yil 1-apreldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan byudjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hamda byudjet parametrlari doirasida zarur mablagʻlar kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalariga yoʻnaltiriladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ularning kiberxavfsizlik borasidagi kamchiliklarini aniqlash boʻyicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar oʻtkazib boriladi.
Mazkur tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada oʻtkaziladi.