Bu Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yoʻnalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qabul qilingan qarorida belgilandi.
Qarorga koʻra, musobaqalar quyidagi yoʻnalish va bosqichlarda oʻtkaziladi:
yoʻnalishlar:
- kibersport yoʻnalishi;
- dron texnologiyalari yoʻnalishi;
- robot texnologiyalari yoʻnalishi;
bosqichlar:
- 1-bosqich – vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi) kubogi” ichki musobaqasi;
- 2-bosqich – har yili oktyabr oyida “Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi” musobaqasi;
- 3-bosqich – har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi oʻtkaziladi.
Qarorga koʻra, musobaqada gʻolib boʻlgan harbiy xizmatchilar quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
- 1-bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 10 mln soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy qism (muassasa) komandiri (boshligʻi) kubogi;
- 2-bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 30 mln soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni kubogi;
- 3-bosqichda gʻolib boʻlgan jamoaning har bir aʼzosi biryoʻla toʻlanadigan 50 mln soʻm pul mukofoti hamda jamoa uchun mudofaa vaziri kubogi.
Mudofaa vazirligi musobaqalarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
- Musobaqada ishtirok etuvchi hamda saralab olingan harbiy xizmatchilar hisobini yuritish maqsadida xizmat doirasida foydalanish uchun moʻljallangan yagona elektron reyestr joriy etiladi.