— Tomorqa oilam uchun katta daromad manbai, — deydi Hazorasp tumanining Shovot mahallasida yashovchi Anvarbek Masharipov. — Shu sakkiz sotixcha yer yiliga yigirma million soʻm daromad keltiradi. Yana oilamizning yil boʻyi beminnat mevayu sabzavot bilan taʼminlashini aytmaysizmi?!”

Anvarbek Masharipov tomorqasida 25 tup nok daraxti bor. Har tup nok oʻrtacha qirq kilocha hosil beradi. Yana 150 tup uzum ham parvarishlanyapti. Uzumning “Kishmish”, “Charos”, “Haliliy” va “Husayniy” navlari har doim bozorbop. Uzumlarda yil davomida oʻrtacha toʻrt tonnacha hosil koʻtarish imkoni bor.

“Harakatga barokat”, deydi xalqimiz. Anvarbekning mahalladoshlari ham shaxsiy tomorqalaridan hosil koʻtarib, oilalariga qoʻshimcha daromad keltirishmoqda.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.