Kilimanjaro stratovulqonida saqlanib qolgan tarixiy o'simlik

    Ekvator chizig'idan taxminan uch yuz kilometr janubda Afrikaning eng baland nuqtasi - afsonaviy Kilimanjaro tog'i, u harakatsiz stratovulqondir. Vulqon 390 gektardan ziyod yer maydonni egallaydi. Yaqinda uning yon-bag'rida qadim davrlardan beri saqlanib qolgan o'simlik topildi.

    Bu o‘simlikning nomi "Senecio kilimanjari". Millionlab yillar davomida floraning bu vakili deyarli hech qanday o‘zgarishlarga duch kelmadi. Qadimgi kaltakesaklar tarixda ushbu o‘simliklar orasida kun kechirgan.

    Tog‘ning 3 kilometr balandlikdan boshlab 4,3 kilometr oralig‘ida ushbu o‘simliklarni uchratish mumkin. Bu hududda yog‘ingarchilik ko‘p emas, shuning uchun o‘simliklar bir biriga zich joylashmagan.