Rasmiylar Koreya Mehnat partiyasining IX syezdiga tayyorgarlik ko'rishmoqda, deb yozdi AFP.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 20 ta hududda yangi loyihalarni ishga tushirish orqali KXDRni “o'zgartirishga” va'da berdi. Bu haqda 30-yanvar, juma kuni Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, loyihalar tibbiy muassasalar, ko'ngilochar majmualar va sanoat zavodlarini qurishni o'z ichiga oladi. AFP agentligi loyihalar mamlakatning uchdan bir qismidan ko'prog'ini qamrab olishi va'da qilinganiga aniqlik kiritdi.
Kim KXDRning janubi-g'arbiy qismidagi Xvanxe-Namdo viloyatida qurilish loyihasini boshladi. “Mamlakat bo'ylab shahar va okruglarning deyarli uchdan bir qismi o'zgartiriladi”, deb ta'kidladi Shimoliy Koreya yetakchisi.
Davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan chop etilgan suratlarda siyosatchi boshqa rasmiylar bilan birga yer qaziyotgani, odamlar esa olqishlab, Shimoliy Koreya bayroqlarini hilpiratayotgani aks etgan, deb xabar berdi dw.com.