Frantsiyaning “France Football” nashri mavsumning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan Lev Yashin sovrini uchun nomzodlar ro'yxatini e'lon qildi.

Bu yilgi sovringa da'vogarlar safida Tibo Kurtua (“Real”), Yassin Bunu (“Sevil`ya”), Mayk Men`yan (“Milan”), Mark-Andre ter Stegen (“Barselona”), Ederson (“Manchester Siti”), Andre Onana (“Manchester Yunayted”), Aaron Remsdeyl (“Arsenal”), Emiliano Martines (“Aston Villa”), Dominik Livakovich (“Fenerbaxche”) va Bris Samba (“Lans”) bor.

Lev Yashin sovrini g'olibi nomi 30 oktyabr kuni Parijda “Oltin to'p”ni topshirish marosimida e'lon qilinadi. O'tgan yili “Real” darvozaboni  Tibo Kurtua eng yaxshi darvozabon deb topilgandi.