- respublikadagi davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari hamda professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi shaklda kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarga;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlab, viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga kirgan yoshlarga;
- “Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga, agar ularning oʻzlashtirish koʻrsatkichi 70 foizdan yuqori yoki GPA bali 3,5 va undan yuqori boʻlsa;
- muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan askarlarga.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda 12 ta tijorat banki orqali taʼlim kreditlari ajratilmoqda. Prezidentning 2021-yil 30-iyuldagi PQ-52-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan jamgʻarma mazkur kreditlarni moliyalashtirish uchun banklarga resurs mablagʻlarini joylashtirib kelmoqda.
Taʼlim kreditlari odatda Markaziy bankning asosiy stavkasi boʻyicha ajratiladi. Biroq ayrim toifadagi talaba va oʻquvchilar uchun foiz toʻlovlari jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi. Natijada ular foizsiz taʼlim krediti olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Foizsiz taʼlim krediti quyidagi toifalarga ajratiladi:
Mutaxassislar taʼkidlashicha, mazkur imtiyozlar yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.