Shifokor shuningdek, koronavirus bilan kasallanganda qachon antibiotik qabul qilish kerak, kim uyida davolanishi mumkinligi haqida ham tushuntirib bergan. Agar testda musbat javob aniqlansa shifokorga murojaat qilish kerak. Bu kasallik qanday shaklda oʻtayotgani va davolanish zarur yo zarur emasligi haqida xulosaga kelish imkonini beradi.

“Agar odamda hech narsa aniqlanmasa (bemorlarning 17-20 foizida alomatlar sezilmaydi), unda hech narsa qilishning keragi yoʻq, faqat 10 kun davomida uyda oʻtirib oʻzini-oʻzi yakkalashi kerak, xolos. Amaliyotimizda hali alomatsiz bemorda kutilmaganda murakkablik yuzaga kelmagan. Unday boʻlmaydi”, — deb ishontiradi Kachman.

Koronavirusning yengil shaklida (taxminan 20 foiz holatlarda) antibiotik qabul qilish kerak boʻlmaydi. Shifokorning soʻzlariga qaraganda, koronavirusda antibiotik terapiya samarasiz ekan. Chunki antibiotiklar bakterial infeksiyaga taʼsir etadi, COVID-19 esa aniq koʻrinib turgan virus kasalligi.

Yevgeniy Kachman shuni qoʻshib qoʻydiki, antibiotiklar asosiy kasallikning faqat bakterial murakkablik holatini davolash kerak boʻladi ekan.

Bemorlarning taxminan yarmi anʼanaviy alomatli koronavirusning oʻrtacha ogʻir shakli bilan xastalanadi. Masalan, harorat koʻtariladi, shilliq pardalarning yalligʻlanishi kuzatiladi, taʼm va hid sezmay qoladi, oshqozon-ichagida buzilishlar kuzatiladi. Bunday hollarda bemor uyda tibbiy kuzatuvda boʻlishi kerak va alomatli terapiya qoʻllanilishi kerak.

Bemorlarning 5-7 foizigina kasallikni ogʻir shaklda oʻtkazishi mumkin. Unda nafas olishi ogʻirlashishi, gipoksiya, oʻpkaning 10-15 foizidan koʻprogʻi shikastlanishi mumkin. Aynan mana shular shifoxonada statsionar shaklda davolanishi kerak, deb xabar beradi Medlinks.ru