Kimlarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi?

    Pensiya jamgʻarmasi qonunchilikdagi manbalarga tayanib bu haqda maʼlumot berdi.

    Quyidagi toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi:

    • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
    • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
    • mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
    • I va II guruh bolalikdan nogironlar.

    Ushbu kompensatsiyani olish uchun yuqorida keltirilgan toifadagi shaxslar yengil avtomobil, motoaravacha yoki mototsiklga ega boʻlishi hamda undan foydalanayotgan boʻlishi kerak.

    Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 3-iyulda ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilangan.

    Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yashash joyi boʻyicha pensiya va nafaqalar tayinlaydigan organlarga murojaat qilishlari mumkin.