Quyidagi toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlanadi:

  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
  • I va II guruh bolalikdan nogironlar.

Ushbu kompensatsiyani olish uchun yuqorida keltirilgan toifadagi shaxslar yengil avtomobil, motoaravacha yoki mototsiklga ega boʻlishi hamda undan foydalanayotgan boʻlishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, 2023-yil 3-iyulda ushbu turdagi kompensatsiyaning yangi miqdori belgilangan.

Kompensatsiya olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yashash joyi boʻyicha pensiya va nafaqalar tayinlaydigan organlarga murojaat qilishlari mumkin.