“Men bir narsaga aniqlik kiritmoqchiman. Kinematografiya agentligi masalasida «Nima uchun maʼmuriy javobgarlik, kichkina pul bilan jinoiy javobgarlik? Qamalganlar ham boʻlgan”, deb koʻplab muhokamalar boʻldi. Bir narsani aytish kerakki, bu yerda davlat mablagʻlari noqonuniy oʻzlashtirilgan yoki davlat mablagʻining kimningdir kissasiga ketgan holati yoʻq.

Bu yerda xaridlarni amalga oshirishda, yaʼni tanlovni eʼlon qilishda manfaatlar toʻqnashuvi borligi toʻgʻrisida xabar qilmaganligi haqida gap ketyapti. Ajratilgan pullar qonuniy ishlatilgan. Yaʼni u pullarni noqonuniy sarflash holati boʻlmagan. Berilgan buyurtma asosida material tayyorlab berilgan.

Pullar toʻgʻri sarflangan. Gap shu haqda ketyapti. Bu yerda aynan manfaatlar toʻqnashuvi borligi toʻgʻrisida oʻzini chetlashtirmagani holati boʻyicha maʼmuriy javobgarlik berilgan. Yaʼni shuncha pulni kimdir yeb yuborib, davlat byudjeti talan-toroj qilingani holati emas. Shuni eʼtiborga olishingizni soʻrab qolar edik.

Prokuratura idoralari tomonidan oʻrganilganda, bu mablagʻlar talan-toroj qilinmagani, agarda talon-toroj qilinganida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilar edi», deydi A.Burhonov.

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi

Axborot xizmati