Ssenariylar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1) filmning ishchi nomi;
2) formati va umumiy hajmi;
3) janri;
4) asosiy gʻoyasi;
5) qisqacha mazmuni (qisqacha syujetda obrazlar, timsollar ham aks etgan boʻlishi mumkin. Unda asosiy syujet liniyasi, personajlar va voqealar, kulminatsiyasi hamda yechimi aniq koʻrsatilishi lozim);
7) loyihalar oʻzbek tilida (istisno tariqasida rus tilida), adabiy til va imlo qoidalariga rioya qilingan holda yozilgan, kompyuterda A-4 formatda, 1,5 intervalda koʻchirilgan boʻlib, hajmi belgilangan hajmdan oshmasligi kerak.
Tanlov 15-apreldan 15-mayga qadar davom etadi.
Tanlovning toʻliq shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati