“King Long” kompaniyasi Oʻzbekistonga 200 dona katta sigʻimli avtobuslarni yetkazib beradi

    Kuni kecha kompaniya tomonidan 18 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarning daslabki partiyasini ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.

    Prezidentimizning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 dona 18 metrli va 500 dona 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslar hamda 300 dona 12 metrli elektrobuslar xarid qilish belgilangan.

    Xitoyning “Xiamen King Long United Automotive Industry Co., Ltd” kompaniyasi va “Toshshahartransxizmat” AJ oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan 200 dona "King Long” rusumli oʻta katta sigʻimli avtobuslarni ishlab chiqarish jadal davom etmoqda.

    Kuni kecha kompaniya tomonidan 18 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobuslarning daslabki partiyasini ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.

    Mazkur avtobuslar mart-may oylari davomida Oʻzbekistonga yetkazib berilishi kutilmoqda.