Italiyalik aktyor Franko Nero “Mahorat darslari” festival` borasida o'z mulohazalarini shunday bayon qildi:

— Kino erkinlik bor joyda rivojlanadi. Bu sohani kuzatadigan bo'lsak, rivojlangan davlatlar har tomonlama ancha o'zib ketgan. Mazkur kinofestival` ham, o'ylaymanki, O'zbekiston yaxshi va yangi marralarni zabt etishiga turtki bo'ladi. Toshkent Xalqaro kinofestivalida qatnashayotganimdan xursandman. O'ylab qarasak, festivalni o'tkazishdan maqsad ham do'stona aloqalarni rivojlantirishdir. Kinoijodkorlarga omad tilayman!

    Eslatib o'tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 3 oktyabrgacha davom etadi. Kinofestivalning bosh homiylari “Bosch” TM hamda “Easy Booking”.