Ko'rgazmada turli davrlarda yashagan ayollarning 100 ta portreti, shuningdek, massagetlar  malikasi To'maris, Amir Temurning  rafiqasi Bibixonim, o'zbek teatri va kinosi aktrisasi Lutfixonim Sarimsoqova, dunyoni nafaqat go'zalligi  bilan zabt etgan,  balki professional  va ijtimoiy hayotda yutuqlarga erishgan ayollarning ham portretlari o'rin olgan.

Ko'rgazmaning barcha portretlari  “Dunyo ayollari” turkumi ostida birlashtirilgan.

 Baxtiyor Nazarov “Shum bola”, “Uch qirolning jangi”, “Yigitcha seni kutamiz”, “Olovli nog'oralar” kabi  ko'plab o'zbek va jahon klassikasiga aylangan fil`mlarning rassomi hamdir. U 1971 yildan buyon keng qamrovliligi bilan ajralib turadigan ayollar portretlari to'plami ustida ishlamoqda.

Ko'rgazmada Baxtiyor Nazarovning “Ayol madhiyasi” al`bom-katalogining taqdimoti ham bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, mehmonlarni  buyuk o'zbek rassomi Baxtiyor Nazarov ijodiga bag'ishlangan “Fil`m chizayotgan musavvir”  hujjatli fil`mining prem`erasi kutmoqda. SHu o'rinda ta'kidlash joizki, "O'zbekkino" MA  mazkur ko'rgazma tashkilotchilaridan biri hisoblanadi.

“O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati