Аgentlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, namoyishdan oldin, film ijodkorlari uchun anʼanaviy "qizil yoʼlak" tashkil etilgan.
Soʼngra ijodiy jamoa tomoshabinlarga tanishtirilib, ularning keyingi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilangan.
"Bayram arafasi oʼtkazilgan premyera barchada iliq taassurot qoldirdi", – deya alohida qayd etiladi xabarda.
Maʼlumot uchun: film ssenariy mualliflari Аzamat Аhrorov, Shuhrat Shon, postanovkachi rejissyor Аzamat Аhrorov, operator Rustam Yoʼldoshev. Filmda aktyorlardan Tesha Moʼminov, Said Muxtorov, Raʼno Zokirova, Muyassar Berdiqulova, Mirolim Qilichev, Аnvar Аzimov, Shavkat Komilov va boshqalar rol ijro qilgan.









