Qadimgi Mirs qirolichasi Nefertiti davrida yasalgan tilla buyumlar, turli taqinchoqlar saqlangan ushbu qabrlar aslida 2018-yilda aniqlangan edi. Biroq, yaqinda Geteborg universiteti (Shvetsiya) arxeologlari ularni tekshirishga muvaffaq bo'lishdi. Qabrlar miloddan avvalgi 1500 yildan boshlab yuzlab yillar davomida ishlatilganligi qayd etilgan.

Arxeologlar Misrdan topilgan shunga o'xshash topilmalar bilan solishtira turib,  zargarlik buyumlarining tarixini aniqlashga muvaffaq bo'lishdi.

“Taqqoslash shuni ko'rsatadiki, ashyolarning aksariyati Nefertiti va uning turmush o'rtog'i Exnaton davriga, taxminan miloddan avvalgi 1350-yillarga to'g'ri keladi”, — dedi qazishma boshlig'i, professor Piter Fisher.

Arxeolog, shuningdek, yaxlit oltin marjonlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan taqinchoq imperiyaning 18-sulolasi hukmdori Nefertiti taqqan taqinchoqlarga o'xshashligini ta'kidladi.

Jamoa hashamatli bezaklar bilan bir qatorda 155 kishining qoldiqlari va ikkita qabrda 500 ta buyumdan iborat xazinani ham topdi. Skeletlardan biri besh yoshli bolaga tegishli bo'lib, u ko'plab zargarlik buyumlari, jumladan, qattiq oltindan yasalgan bosh kiyim va munchoqli marjon bilan dafn etilgan. Bola aslzodalardan bo'lgan, deb taxmin qilinadi.