«Ushbu masala juda ham muhim va dolzarb hisoblanadi. Barcha hududlarda taksi xizmatini koʻrsatuvchi fuqarolar koʻp. Ularning faoliyatiga qonuniy sharoit yaratilsa, ularning ijtimoiy muammolari ham hal boʻladi.
Lekin kirakash oʻzini oʻzi band qiluvchi sifatida roʻyxatdan oʻtsa, aholining xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq masala yuzaga keladi. Yaʼni, aholi tashish bilan shugʻullanuvchi korxonalarga qoʻyiladigan talablarni har bir oʻzini oʻzi band qilgan kirakash ham bajarishi kerak degan masala koʻtarilgan va 67talik roʻyxatdan chiqarib tashlangan.
Lekin bu degani bu borada ish toʻxtab qoldi, degani emas. Ushbu masala boʻyicha maxsus ishchi guruhi tuzilgan hamda maqbul yechim izlanyapti. Lekin bu voqea qachon roʻy berishi haqida aniq javob ayta olmayman», — dedi Umarov.