Kislorodli konsentratorni ikki silindrdan iborat boʻlib, xona havosi seolit sharchalaridan tashkil topgan toʻr — “molekulyar gʻalvir”dan oʻtib, azot molekulalarini ushlab qoladi, kislorod molekulalarini esa oʻtkazadi. Natijada kislorod konsentratori 95% kislorod aralashmasini ishlab chiqaradi.

Eng ommabop modellarda kislorod yetkazib berish tezligi oʻrtacha daqiqasiga 3 litrdan 5 litrgacha tashkil etadi.

Ijro shakli boʻyicha uskunalar statsionar va koʻchma boʻladi. Turli modellarning narxi bir necha yuz dollardan bir necha ming dollargacha boʻlishi mumkin.

Tibbiy kislorodli konsentratorlar kasalxonalarda, sanatoriy-kurort muassasalarida, reanimobillarda ishlatiladi. Bunda apparatlar maqsadiga koʻra turlicha boʻladi: masalan, oʻpka va yurak xastaliklarida shoshilinch yordam koʻrsatish yoki davomli kislorod terapiyasi.

Uyda foydalaniladigan kislorod konsentratorlarining samaradorligi past boʻladi (1 daqiqada 1-3 litr). Bu ixcham, foydalanishga qulay, zamonaviy dizaynga ega uskuna.

Oʻpkani sunʼiy shamollatish

Koronavirus pandemiyasi tufayli ogʻir va oʻta ogʻir holatdagi bemorlar uchun davolash amaliyotida oʻpkani sunʼiy shamollatish yoki SIPAP-terapiya qoʻllanilishi haqidagi xabarlar tez-tez qulogʻimizga chalinmoqda.

Constant Positive Airway Pressure, CPAP – doimiy ijobiy bosim bilan oʻpkani sunʼiy shamollatish rejimi.

SIPAP — terapiya klinik amaliyotga 1981-yilda avstraliyalik vrach professor Kolin Sallivan tomonidan qoʻllanilgan.

SIPAP-apparat kichikroq oʻlchamli kompressor boʻlib, u qayishoq trubka va germetik burun niqobi orqali maʼlum bosim ostida nafas yoʻllariga doimiy havo oqimini uzatib turadi. Shu tarzda u nafas yoʻllarining bitib qolishi va havoni (va organizm uchun zarur boʻlgan kislorodning) toʻsib qoʻyilishining oldini oladi. Natijada kislorod yetishmasligi tufayli toʻsatdan oʻlim holati sodir boʻlishi ististo qilinadi va normal uyqu taʼminlanadi.

Hozirgi kunda bozorda koʻp sonli ishlab chiqaruvchi firmalarning kislorodli konsentratorlari va SIPAPlarning turli tuman modelari mavjud (BIPAPlar, AvtoSIPAPlar va boshqa modifikatsiyalar). Texnik xarakteristikalar va maqsadidan kelib chiqib ularning narxlari ham ancha farqlanadi.