“Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi tomonidan ham xodimlar va ularning farzandlari tafakkuri, maʼnaviy olami va bilim-zakovatini oshirish maqsadida kitobxonlik targʻiboti har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Bugun, 12-avgust kuni “Oʻzbekgidroenergo” AJ maʼmuriy binosi hududida “Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda navbatdagi kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu kitob savdosi yarmarkasida Jamiyat ijro apparati hamda tizim korxona va tashkilotlarining xodimlari eʼtiboriga mamlakatimizning yetakchi bosma nashriyotlari tomonidan chop etilayotgan turli yoʻnalishlardagi keng koʻlamli adabiyotlar, bolajonlar uchun rang-barang va qiziqarli kitoblar taqdim etildi.

Aytish lozimki, kitob eng yaqin doʻst, eng sodiq hamroh, bilim va tafakkur manbai, yolgʻizlikda va gʻamli onlarda munis ulfatdir. Maʼrifatli va maʼnaviyatli insonlar esa haqiqiy vatanparvar, yurtparvar hamda oʻz sohasining yetuk vakili sifatida oʻz Vatani taraqqiyotiga bor kuch va irodasini baxshida etib, kelajak avlodlar tarbiyasiga kamarbasta hamda haqiqiy namuna boʻlib, uni koʻz qorachigʻiday asrab-avaylashda muhim vazifani bajaradilar.

Axborot xizmati