Kitob tumani “Taxtaqoracha” dovonidan yuk avtomobili pastlikka qulab tushdi

    “Taxtaqoracha” dovonida “ISUZU” rusumli yuk avtomobil haydovchisi oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yoʻqotgan.

    Bugun, 14-aprel kuni soat taxminan 09:45 larda Kitob tumanidan oʻtuvchi “Taxtaqoracha” dovoni avtomobil yoʻlining 1139-kilomertida Samarqand – Qashqadaryo yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan “ISUZU” rusumli yuk avtomobil haydovchisi oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yoʻqotib pastlikka tushib ketgan, natijada yongʻin chiqqan va transport vositasi yonib ketgan.

    Vaziyat boʻyicha Qashqadaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilar guruhi manzilga yetib borib sodir boʻlgan yongʻin oqibatlarini bartaraf etdi.

    Yuk mashinasida boʻlgan 24 yoshli fuqaro O.A hamda unga hamrohlik qilayotgan fuqaro A.O mashinadan sakragan. Sakrashi oqibatida ular tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.