Kitobda 1152 ta koʻp yillik daraxtlar kesib tashlangan

    Qashqadaryoning Kitob tumanida moratoriy talablariga zid ravishda koʻp yillik Chinor daraxtlari kesib tashlanganligi holati oʻrganib chiqildi.

    Ekologiya inspektorlari aniqlagan holatga koʻra, yaqinda «Kitob yoʻl qurilish-taʼmirlash» MCHJ tomonidan 6 ta koʻp yillik gʻarb Chinori noqonuniy kesib tashlangan. Natijada tabiatga 672 mln 860 ming soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Shuningdek, oʻrganish davomida Kitob tumani hokimi qaroriga asosan oʻtgan davrda Kitob-Shahrisabz avtomobil yoʻlini taʼmirlash bahonasida 1146 ta turli daraxtlar kesib tashlangani maʼlum boʻldi.

    Aniqlangan holatlar boʻyicha barcha hujjatlar prokuratura idoralariga yuborilgan.