Shahrisabz gaz taqsimlash stantsiyasidan Kitob tumaniga zangori olov manbasini eltish uchun quvurlarning dastlabki 1000 metrlik qismi yetib keldi. Bu haqida “Hududgaz Qashqadaryo” GTF ma'lumoti sosida xabar berildi.

Qurish va montaj ishlari yakuniga yetgach, tumandagi ijtimoiy soha obyektlari, yangidan tashkil etilgan erkin iqtisodiy va Urgut iqtisodiy zonasi filiali hamda kichik va o'rta biznes tadbirkorlik sub'ektlarini tabiiy gaz bilan ta'minlash rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, 120 ta ko'p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 1955 ta aholi xonadonlarining ham tabiiy gazga bo'lgan ehtiyoji qaytadan tiklanadi.

Mazkur stansiyada joriy yilning mart—noyabr oylarida alohida o'lchov tarmoqlarini qurish orqali Kitob, Shahrisabz tuman va shahrini tabiiy gaz bilan to'liq ta'minlash imkoniyati yaratiladi.