Prezidentimiz videoselektor yigʻilishida klinik ordinaturada oʻqitishning yangi tizimini joriy etib, kelgusi oʻquv yilidan qabul kvotasini ikki baravarga oshirish boʻyicha topshiriq berdi.

Yangi tizimda ordinatorlar oʻquv jarayonining yarmini oliygohlar va ixtisoslashgan markazlarda, qolgan yarmini esa ish joyida davom ettiradigan boʻladi. Bu boʻyicha zarur huquqiy asoslar yaratiladi.

Viloyat hokimlari oʻz hududiga zarur boʻlgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun mahalliy byudjetdan grant ajratadi. Bu grant asosida oʻqigan shifokor, grant ajratgan viloyatga borib kamida uch yil ishlab berish majburiyatini oladi.