Angliyaning “Liverpul” klubi keyingi yillarda johonning eng kuchli jamolaridan biriga aylandi. Bunda jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppning xizmatlari katta, albatta. U 2015-yildan buyon mersisaydliklarni boshqarmoqda. Oʻtgan yillarda klub Klopp boshchiligida 5 ta sovrinni, jumladan, Angliya chempionligi va YCHL gʻolibligini qoʻlga kiritdi.
Shu bois klub mutasaddilari nemis mutaxassisi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi. Shartnoma shartlari hozircha maʻlum qilmagan boʻlsa-da, ingliz nashrlari Klopp va uning murabbiylar shtabi bilan kelishuv 2026-yilga qadar uzaytirilganini aytishmoqda.
OAV xabarlariga qaraganda, shu paytga qadar 54 yoshli murabbiy yiliga 10 million funt sterling maosh olgan.