Jiddada klublar oʻrtasidagi jahon chempionati boshlandi. Saralash oʻyinda “Al Ittihod” Okeaniya vakili “Oklend Siti”ni 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, chorak finalga yoʻl oldi.
Saudiya klubi 15-dekabr kuni 1/4 finalda Misrning “Al Ahli” jamoasi bilan uchrashadi.
Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida “Real” besh marta, “Barselona” uch marta, “Korentian” va “Bavariya” ikki martadan, “Chelsi”, “Liverpul”, “San Paula”, “Internatsional”, “Milan”, “Manchester Yunayted” va “Inter” bir martadan gʻolib chiqqan.