Unda Shahnoza ismli ayol 7 yoshli farzandi bilan yoz faslida koʻchada qolishi, ishlab pul topib, qish faslida yiqqan pullariga ijarada turib, kun oʻtkazishi va moddiy shart-sharoiti ogʻir ahvolda ekanligi aytilgan.
Ayolning shart-sharoiti shu kunning oʻzidayoq oʻrganildi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, fuqaro Namangan viloyatidan Toshkent viloyatiga kelin boʻlib tushgan. Bu boradagi maʼlumotlar ichki ishlar organlari tomonidan oʻrganilmoqda. Tezkor koʻrilgan choralar natijasida fuqaro Yunusobod tumani “Otchopar-1” mahallasidagi yotoqxonaga vaqtincha joylashtirildi. Fuqaroning turmushidagi holati, shart-sharoiti batafsil oʻrganilgandan soʻng uy-joy bilan taʼminlash masalasi toʻliq hal etiladi.
Oʻz oʻrnida, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi nazoratida oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijasi yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati axborot xizmati.