Tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha xususiy kadastr muhandisi faoliyatini olib borishga ruxsat berildi va faoliyat 2022-yil 31-dekabrga qadar belgilandi.

Kadastr muhandisi sifatida faoliyat olib borish uchun quyidagi talablar koʻzda tutilgan:

Kadastr muhandisiga talabgor ushbu sohada kamida bir yil stajga ega boʻlishi kerak.

Oliy maʼlumotga ega boʻlishi kerak.

Agar oliy maʼlumotga ega boʻlmasa malaka oshirish kursida oʻqib sertifikatga ega boʻlishi kerak.

Malaka oshirish kurslarini tashkil etish Kadastr Agentligi tomonidan amalga oshiriladi

‼️Kadastr muhandisi faoliyatini amalga oshirish uchun malaka shahodatnomasiga ega boʻlishi shart.