Unda O'zbekiston faxriylarini ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi Xorazm viloyat hamda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo'limi vakillari, shoir va ijodkorlar va shuningdek “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Urganch shahridagi 8-son maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari va Urganch shahrida istiqomat qilayotgan uyushmagan yosh avlod vakillari ishtirok etdi.
O'tkazilgan tadbirda keksa avlod va o'rta avlod vakillari yosh avlod vakillariga mamlakatimizda o'qish, ilm olish, hunar o'rganish, foydali kasb turi bilan shug'ullanish uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar to'g'risida gapirib berdi. Shu bilan birga, yosh avlod vakillari, ya'ni uyushmagan yoshlarga o'zlarining bosib o'tgan hayot yo'llari, boshlaridan o'tkazgan qiyinchiliklarni, qiyinchilik ortidan erishgan yutuqlarini aniq misollar orqali tasvirlab berdi, deb xabar beradi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo'limi matbuot xizmati.