Uchrashuv chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish doirasida axborot texnologiyalari va startaplarni qoʻllab-quvvatlash sohasida yangi loyihalarni yoʻlga qoʻyish, startap ekotizimini va axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʻyicha Koreya texnoparklari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Koreya Respublikasining Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT Park), “Oʻzbekistonda IT-Parkning barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish” loyihasi boʻyicha bir qator muhokamalar oʻtkazdi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida Koreya Respublikasining Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Oʻzbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (IT Park), oʻrtasida “Oʻzbekistonda IT-Parkning barqaror rivojlanishi asoslarini shakllantirish va salohiyatini oshirish” loyihasi boʻyicha muhokama Bayoni imzolandi.

Bunga asosan KOICA Oʻzbekistondagi IT-Park salohiyatini oshirishga 4,5 million dollar grant ajratadi.