Koinot changi – bu, koinotda Yerga tushadigan mayda qattiq jismlar bo'lib, tarikbi uglerod, metall, muz va boshqa elementlardan iborat. Yangi tadqiqotlar Arktikaning uzoq o'tmishiga nazar tashlash imkonini berdi. Buning uchun dengiz muzliklarining so'nggi 30 ming yillik tarixini tiklash uchun koinot changlaridan foydalanildi. Joriy yilning noyabr oyi boshlarida Science jurnalida e'lon qilingan tadqiqot xulosalari olimlarga Arktika qanday o'zgarayotgani va mazkur mintaqa qanday xavf ostida ekanligini anglash uchun asosiy ma'lumotlarni taqdim etdi.
Koinotdan tushadigan mayda zarralar doim Yer yuzasiga o'tirib qoladi. Yaqinda tadqiqotchilar bu changlardan “iqlim vaqt mashinasi” sifatida foydalanishni o'rganib olishdi, deb xabar berdi new-science.ru.
Shimoliy muz okeani muz bilan qoplanganda u haqiqatan to'siq bo'lib, koinot changining er qatlamigacha yetib borishiga yo'l qo'ymaydi. Muzlik eriganda koinot changidan iborat yirik bo'laklar suv tubiga cho'kib qoladi. Koinot changi bo'laklari tarkibida uchraydigan kamyob geliy-3 izotopi hamda sayyoramizda mavjud toriy-230 moddasini tahlil qilgan olimlar arktik muzliklar qoplanishi va chekinishiga oid ko'p asrlik davrni tikladi. Bu metod Arktikaning uchta turli uchastkasida olingan namunalarga nisbatan qo'llanildi. Ya'ni, bittasi yil bo'yi muz erimaydigan, ikkinchisi suv va muzlik chegarasidagi joy va uchinchisi doimiy muzlikdan mavsumiy qoplamga o'tgan hudud.
Umimiy holda aytganda, bu joylardan olingan koinot chang bo'laklari eng qadimgidan tortib oxirgi muzlik davriga yuz bergan dengiz muzliklarining aniq sanalarini qayd etish imkonini berdi. Bundan taxminan 20 ming yil avvalgi oxirgi muzlik davri avjiga chiqqanda koinot changgi dengiz tubiga umuman etib bormagan. Sayyoramiz isish darajasi va muzlik davri tugashiga qarab koinot changi qoldiqlari to'planishi oshib borgan.
Muz qoplamalri qisqarishi biologik faollik oshishi davriga to'g'ri kelgan. Yangi ma'lumotlar shundan guvohlik beradiki, Arktikada muzlik qoplanishida etakchi kuch – bu, okean harorati emas, balki atmosferaning isishi ekan. Bu shuni anglatadiki, muzliklar erishi yanada jadallashadi. Chunki, tabiatdagi o'zgarishlarni okean tubidagi suv oqimiga qaraganda havo tezroq aks ettiradi.
1979-yil yo'ldosh orqali montiroing boshlangan vaqtdan buyon arktik dengiz muzligi maydoni 42 foizdan ko'proqqa qisqarib ketdi. Iqlim modeli shuni ko'rsatadiki, bir necha o'n yildan so'ng mintaqada yoz faslida muz qatlami umuman uchramasligi mumkin.
Dengiz muzliklari aslida quyosh nurini koinotga qaytaruvchi o'ziga xos qalqon vazifasini o'taydi. Muzlik yo'q bo'lib ketishi bilan okean suvlari yana ko'p issiqlikni yutadi va bu global isish jarayonini yana tezlashtiradi. Uning biologik oqibatlari esa og'ir bo'ladi. Ekologik o'zgarishlardan tashqari, muzliklar qisqarishi geosiyosiy oqibatlarni paydo qilishi mumkin. Mintaqa isishi jadallashmoqda. Uning o'tmishini chuqurroq bilish kelajagini asrash va unga tayyor bo'lish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib qolaveradi.









