Ammo yaqinda paleontologlar 37-39 million yil oldin qadimgi Peru qirgʻoqlarida suzib yurgan jorivor Perucetus – “Perucetus colossus” (Buyuk Peru kiti) qoldiqlarini topdi.

Ulkan kitsimon hozirgi turdoshiga qaraganda ancha ogʻirroq boʻlib, taxminan 60 fut uzunlikda, ogʻirligi esa 300 tonnadan ortiq boʻlishi mumkin. Qazib olingan qoldiqlar orasida 13 ta umurtqa, toʻrtta qovurgʻa va sonning bir qismi bor. Bosh suyagi topilmadi. Ammo bir xil tarixiy davrdagi yaqin turlar bilan solishtirishga asoslanib, olimlar "bahaybat kit" ning boshi tanasiga nisbatan juda kichik boʻlganini taxmin qilishmoqda.

Dastlab bu topilma bir qarashda hayvon suyagi sifatida taassurot qoldirmasdi. Sababi ular shunchalik kattaki, suyaklar koʻproq toshga oʻxshardi. Qadimgi kit qanchalik ulkan boʻlganini aniqlash uchun koʻproq qazilma material kerak boʻladi. Uning yoʻq boʻlib ketgan kitlar guruhiga mansubligi, tirik kitlardan farqli tana nisbatlariga egaligi ham vaznni hisoblashni murakkablashtiradi.

Olimlar plankton bilan oziqlanuvchi kitlardan farqli ravishda Perucetus faol yirtqich boʻlgani va yirik baliqlarni ovlaganini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, u suv tubida mollyuskalar, qisqichbaqasimonlarni qidirib tanovul qilgan boʻlishi ham mumkin.

Gigant tez suzishga qodir emas va sayoz suv tubida ovqat izlagan. Ogʻir tana unga chuqurlikda qolish va toʻlqinlarga qarshi turishga yordam bergan.