Koʻkdalada aholining elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji yanada yaxshilanmoqda

    Koʻkdala tumanida joylashgan 35/10 kVli Chiyal nimstansiyasining quvvatini oshirishga doir qurilish-montaj ishlari olib borilyapti.

    Qashqadaryo viloyati hokimligi telegram kanalida berilgan xabarga koʻra, hozirgacha hududdagi isteʼmolchilarga 2 ta — 4000 va 6300 kVli tarnsformatorlar xizmat koʻrsatib kelayotgan edi.

    Aholining elektr energiyasiga boʻlgan talabi ortib borishi bilan bilan podstansiyaga yana qoʻshimcha 4000 kVli transformator oʻrnatilyapti. Bu tarmoqda yuklamalarni kamaytirish, aholini sifatli va barqaror elektr bilan taʼminlashgga xizmat qiladi. Jadal olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari tez kunda yakuniga yetkaziladi.

    Ushbu nimstansiyada 24 ta qishloqning 11 ming 87 ta isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatiladi.