Kollej va texnikumlarda o'qish 17-oktyabrdan boshlanadi

    Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.

    Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʼlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi.

    Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʼlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi.

    Maʼlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga:

    — sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
    — kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
    — dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan.