Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co LTD tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinaning Janubiy Amerikada qoʻllanishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorlik imkoniyatini kengaytiradi.

Hozirgacha mazkur vaksina Oʻzbkiston, Xitoy va Indoneziyada ommaviy emlash jarayonida qoʻllanmoqda. Shuningdek, buster vaksina sifatida foydalanilmoqda. Hozir ZF-UZ-VAC2001 Xitoy va Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Indoneziyada ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan boʻlib, vaksinani mahalliylashtirishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Genotiplash tahlili ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning Alpha variantiga qarshi 92,68 foiz va Delta variantiga qarshi 81,38 foiz samaraga egaligini namoyish etgan.