Vagonlar uzilgandan soʻng xarakat tarkibi Oxangaron yoʻnalishi boʻylab harakatini davom yettirib ketgan.

Ushbu uzib qolingan vagonlar teplovozga ulanib belgilangan manzilga olib oʻtish vaqtida koʻmir maxsulotini talon-taroj qilish maqsadida 5 nafar nomaʼlum shaxslar vagonga osilgan. Tezkorlik bilan mazkur holatni koʻrgan va shu yerda xizmat olib borayotgan Oxangaron oʻqchilik komandasi oʻqchisi tomonidan vagonga chiqqan nomaʼlum shaxslarni ushlash maqsadida teplovozni toʻxtatgan. Teplovoz toʻxtagan vaqtda ushbu nomaʼlum shaxslar har tomonga qochib ketishgan.

Hozirda mazkur nomaʼlum shaxslarni aniqlash, kelgusida ularning ushbu noqonuniy harakatiga qonuniy baho berish yuzasidan tezkor-surishtiruv tadbirlari olib borilmoqda.