“Koʻmir taʼminot” omborlari masʼullari qoʻlga olindi

    Xavfsizlik 29 Noyabr 2023 950

    Aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon va Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Shahrixon, Asaka va Yakkabogʻ tumani koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan jami 2 704 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.