"Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan O‘zbekiston ko‘zi ojizlar va karlar jamiyatlari tizimidagi korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlar uchun tashkil etildi", deb xabar bermoqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati. "O‘zbekiston ko‘zi ojizlar va karlar jamiyati tizimidagi 72 ta korxona va tashkilotda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari va Jamoa shartnomalari tuzilgan bo‘lib, ular orqali ushbu korxonalarda mehnat qilayotgan insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlari himoyalab kelinmoqda. Shuningdek, kasaba uyushmalari tomonidan ko‘rish va eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan  insonlar va ularning oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda".

Bayram munosabati bilan bir piyola choy ustida tashkil etilgan suhbat davomida mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari xususida so‘z bordi. Tadbir ishtirokchilari yurtimizda Inson manfaatlarini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, nogironligi bor insonlarga yuksak eʼtibor ko‘rsatilayotgani, mazkur jarayonlarda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etayotganini qayd etdi.

 Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilarga bayram sovg‘alari hadya etildi.