Bu haqda seshanba kuni Kongoning Actualite axborot portali ma'lum qildi.

Kema 18-avgust kuni kechqurun 300 nafar yo'lovchi bilan Majoko qishlog'idan yo'lga chiqqan. Qorong'uda to'siq bilan to'qnashib ketib, ag'darilib ketgan. Qirg'oqqagacha 43 kishi yetib olgan, 3 kishining jasadi topildi. Qolganlar bedarak yo'qolgan deb hisoblanmoqda, qidiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi report.az.