Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph nashri xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, shtamm mpox epidemiyasi yuzaga kelgan konchilar shaharchasi Kamitugada olib borilgan tadqiqotlar davomida aniqlangan. Topilgan virus 2022-yilda dunyoda epidemiyaga sabab bo'lgan virusning genetik modifikatsiyasi bo'lib, 100 ga yaqin davlatni qamrab olgan.
Olimlarning fikriga ko'ra, mpoxning yana, qolaversa, bundan ham xavfliroq patogen bilan tarqalishining oldini olish uchun shoshilinch choralar ko'rish kerak.
Mpox kam uchraydigan virusli kasallik bo'lib, u asosan markaziy va g'arbiy Afrikaning chekka hududlarida, tropik o'rmonlar yaqinida uchraydi. Ushbu kasallikni hayvonlardan odamlarga yuqishi bilan bog'liq ilk holat 1970-yilda Kongo Demokratik Respublikasidada qayd etilgan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, virus odamlarga kemiruvchilar va primatlar kabi yovvoyi hayvonlardan yuqadi va uning odamdan odamga yuqishi orqali ikkilamchi tarqalishi cheklangan. Odatda, mpox epidemiyasi orqali o'lim darajasi 1 foizdan 10 foizgacha. Biroq, o'lim bilan bog'liq holatlarning aksariyati ko'proq yosh odamlar ulushiga to'g'ri keladi, deb xabar beradi tass.ru.