Xususan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “Pomuq”, “Kultak” hamda “Alan” konlarida ham zamonaviy telekommunikatsiya aloqa tarmogʻi tashkil etildi. “Quduq operatori nazorati” tizimiga jamiyatning hududiy gaz konlarida ishlovchi jami 24 boshqaruv moderatorlari va 280 ta quduq operatorlari kiritildi.

Dastur doirasida Jamiyat tasarrufidagi zavodlarda va boshqarmalarning 11 ta konlari (“Shoʻrtan”, “Janubiy Tandircha”, “Zevarda”, “Janubiy Kemachi”, “Oʻrtabuloq”, “Sharqiy Berdaq”, “Somontepa”, “Dengizkoʻl”, “Tayloq”, “Quyi Surgil”) da zamonaviy telekommunikatsiya aloqa tarmogʻini tashkil etish ishlari davom ettirilmoqda.

Bundan tashqari, “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Pomuq koni” obyektida “Pomuq GKTQ” – “Pomuq DKS” oʻrtasida umumiy 900 metr uzunlikdagi optik tolali aloqa kabeli yotqizildi. “Pomuq GKTQ” obyektidan “Pomuq” qoʻrgʻoniga, “Alan DKS” hamda “Zevarda DKS” yoʻnalishlari boʻyicha maʼlumotlar uzatishni taʼminlash maqsadida, “Pomuq GKTQ” obyekti 45 metr balandlikdagi antenna machta qurilmasiga “Power Beam 5AC-620” radio koʻprik qurilmasi oʻrnatildi.

Boshqarmaning “Alan gazni kompleks tayyorlash qurilmasi” hamda “Alan siquv kompressor stansiyasi” binolaridagi sarf oʻlchov asboblari hamda muxandis texnik xodimlari kompyuterlari uchun 510 metr uzunlikdagi tarmoq (FTP) kabellari yotqizildi.

Xususan, “Raqamli Oʻzbekiston - 2030” dasturi doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirishi lozim boʻlgan 7 ta loyiha oʻz muddatlarida bajarilmoqda. Ushbu loyihalar ijrosi boʻyicha tegishli davlat idoralari va respublika hududidagi autsorsing kompaniyalar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida Jamiyatning 182 nafar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari malaka oshirish kurslarini tamomladi va tegishli sertifikatga ega boʻldi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tasarrufidagi boshqarma va zavodlarda jami 335 km uzunlikda optik tolali aloqa kanali tashkil etildi. Shundan, 218 km optik tolali aloqa kabeli va 56 dona radio aloqa moslama antennalari “Raqamli kon” dasturi doirasida oʻrnatildi. Barcha hududiy boshqarma va zavodlarda Dispetcherlik xizmati joriy etilgan boʻlib, ulardagi maʼlumotlar Jamiyatning Markaziy dispetcherlik xizmatiga uzatiladi. Buning natijasida esa, ishlab chiqarish jarayonlarini onlayn nazorat qilish imkoniyati yaratildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ faoliyatida ish samaradorligini oshirish, qulay ish sharoitini yaratish maqsadida, 3 500 dan ortiq kompyuter va orgtexnika vositalari bilan hamda 800 dan ortiq kommunikatsiya, videokuzatuv va server qurilmalari bilan taʼminlandi va joriy etildi.

“Raqamli kon konsepsiyasi” loyihasi doirasida bugungi kunda sinov tariqasida Shoʻrtan neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shoʻrtan” konida 21 ta “Yigʻuv punkti” uchun barcha zarur asbob-uskunalar xarid qilindi. Shuningdek, “Shoʻrtan” koniga qarashli 10-, 12- va 20- yigʻuv punktlariga harorat va bosim oʻlchov vositalari oʻrnatildi hamda boshqarmaning markaziy ishlab chiqarish dispetcherlik xizmati ekraniga ulandi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati