Uchrashuvda Ronni Xayne va "O'zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

"Ipak yo'li durdonasi"  Toshkent Xalqaro kinofestivali va yosh kinoijodkorlarni qo'llab-quvvatlash yo'nalishlari bo'yicha Adenauer fondi bilan hamkorlik yo'lga qo'yilishi kutilmoqda. 

Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi qismida Adenauer fondi vakolatli vakili Ronni Xayne "O'zbekkino" Milliy agentligi qoshidagi "Yoshlar ijodiy-tajriba studiyasi" va "O'zbekiston kino san'ati" muzeyi faoliyati bilan tanishdi.