Oʻrganishlar davomida “D.Sh” MCHJ tomonidan “Biseptol” tovar belgisiga oʻxshash boʻlgan “Besibtal” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotgani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.
Eslatilishicha, Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga koʻra, tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.