Ular energotejamkor, zamonaviy nasoslarga almashtirilsa, yiliga kamida 400 milliard so'm iqtisod bo'ladi.
Viloyatdagi 89 ta sanoat korxonasi davlat tashkilotlariga Kooperatsiya portali orqali mahsulot etkazib berayotgani - bu juda kamligi ko'rsatib o'tildi.
Masalan, portalda Vobkentdan birorta korxona qatnashmagan, Olot va Peshkudan – 1 tadan, Jondor va Buxoro tumanidan – 2 tadan korxona ishtirok etgan.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga Kooperatsiya portalida haqiqiy ishlab chiqaruvchilar qatnashadigan tartib qilish, ishlab chiqaruvchilarning davlat xarididagi ishtirokini kengaytirish bo'yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.